Jahon | 10:53 / 18.09.2017
6964
1 daqiqa o‘qiladi

Eng mashhur jurnallardan biri sotuvga qo‘yiladi

Foto: FRANCE 24

Rolling Stone jurnali asoschisi Jann Venner jurnalni chiqaruvchi shu nomdagi kompaniya aksiyalarining nazorat to‘plamini sotishga qaror qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Vennerning o‘g‘li Gus jurnalni sotish rejasini ishlab chiqdi. Ta'kidlanishicha, Vennerlar moliyaviy bosim tufayli yaqinda Rolling Stone kiruvchi Wenner Media holdingidan boshqa ikkita jurnalni sotib yuborishdi.

Jurnal asoschisi va uning o‘g‘lining ma'lum qilishicha, Rolling Stone rahbariyatida qolishni xohlashmoqda, biroq, yakuniy qaror xaridor tomonidan qabul qilinadi.

Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, sotuv jarayoni endigina boshlanmoqda. Jann Vennerning umid bildirishicha, u Rolling Stone missiyasini tushunadigan xaridorni topa oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid