Jamiyat | 09:25 / 18.09.2017
6419
2 daqiqa o‘qiladi

Odessadagi yong‘inda o‘smir qiz 8 bolani qutqardi

Ukrainaning Odessa shahrida joylashgan bolalar dam olish maskanida ro‘y bergan yong‘inda jabrlangan qiz binodan 8 bolani qutqardi, deb yozmoqda mahalliy nashrlardan biri "Dumskaya" gazetasi shahar kengashi deputati Aleksandr Ivanitskiyga asoslangan holda.

"Yonayotgan bino ichidan 8-10 yoshdagi 8 bolani qutqardi. Qizning o‘zi oyog‘i va yuqori nafas olish organlari kuyishidan aziyat chekmoqda. Uni shifoxonaga olib kelishganida hushini yo‘qotgan. Ayni vaqtda o‘smir qiz Slobodkadagi bolalar shifoxonasining jonlantirish bo‘limida", — degan Ivanitskiy.

Foto: dumskaya.net

"Viktoriya" bolalar dam olish maskanidagi yong‘in 16 sentabr kuni ro‘y bergan. O‘sha vaqtda maskanda 150 nafar bola, yonayotgan binoning o‘zida 42 bola bo‘lgan. 3 nafar bola halok bo‘ldi. Yong‘in xavfsizligi talablari buzilganligi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid