Jahon | 13:48 / 19.09.2017
9912
2 daqiqa o‘qiladi

2050 yilda Qozog‘iston aholisi soni 24 milliondan oshadi

Foto: Getty Images

2050 yilga borib Qozog‘iston aholisining soni 24 million kishidan oshishi kutilmoqda. Bu haqida Tengrinews.kz QR Mehnat va ijtimoiy himoyalash vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi. 

Hozirgi demografik tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda, janubiy mintaqalar aholisi soni 5,2 million kishiga ko‘payadi, aholi zichligi esa shimoliy viloyatlarga qaraganda to‘rt karra ko‘p bo‘ladi. Mehnat va ijtimoiy himoyalash vaziri Tamara Duysenova hukumat yig‘ilishida shunday bayonot bilan chiqdi. 

"Janubiy mintaqalarda (Olmaotani inobatga olmaganda) aholining 38 foizi yashaydi, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi (YaHM) ulushi esa bor-yo‘g‘i 17 foizni tashkil qiladi. Shimoliy mintaqalarda 29 foiz aholiga 25 foiz YaHM to‘g‘ri keladi... Investitsion iqlimni yaxshilash maqsadida bu yil Qozog‘istonning migratsion qonunchiligiga mehnat migratsiyasiga doir tuzatishlar kiritildi", - deya ma'lum qildi Mehnat va ijtimoiy himoyalash vazirligi matbuot xizmati.

Tavsiya etilayotgan konsepsiya loyihasi mamlakatdagi, dunyo iqtisodiyotidagi vaziyatlar tahlilini hisobga olgan holda tayyorlangan. 

"Agar yuqorida qayd etilgan choralar samara bersa, u holda raqobatbardosh mutaxassislar ilm-fan va innovatsiyalar shakllanayotgan joylarda ishlashlari mumkin, shundan keyin mamlakatdagi tadbirkorlikning o‘sishi kutiladi", - deya ta'kidlashdi vazirlikda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid