Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida nutq so‘zlaydi
Bugun, 19 sentabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalliy vaqt bilan tushdan so‘ng BMT minbarida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Mamlakat rahbari Polsha prezidenti Andrej Duda, Misr prezidenti Abul Fattoh Al-Sisiydan so‘ng 23-navbatda minbarga ko‘tariladi. Shavkat Mirziyoyevning nutqidan so‘ng, Armaniston, Kosta-Rika, Uganda, Shri-Lanka va umumiy hisobda 13ta davlat rahbarlari nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Mazkur yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etish, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlanish maqsadlari sari yakdil qadam tashlashga kelishib olish, terrorizm va separatizm ko‘rinishida harakatlarga barham kabi masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024