Sport | 08:22 / 19.09.2017
4423
3 daqiqa o‘qiladi

RFPL: «Zenit» «Ufa»ga imkoniyat qoldirmadi, «Lokomotiv» uyida «Amkar»ga yutqazib qo‘ydi

«Zenit» RFPLning 10-turi doirasida «Ufa»ni mag‘lub etdi. Sankt-Peterburgdagi «Sankt-Peterburg» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Sebastyan Driussi raqib darvozabonini aldab o‘tib, gol urdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Domeniko Krishito belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Bahsning 77-daqiqasida Artyom Dzyuba to‘pni Kristin Noboaga uzatdi, u esa, o‘z navbatida, uni Aleksandr Kokoringa yetkazib berdi hamda uchrashuvdagi hisob yakuniy ko‘rinish oldi.

«Zenit» (24 ochko) RFPL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, «Ufa» (10) – 11-o‘rinda.

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi esa «Amkar»ga imkoniyatni boy berdi. Rossiya poytaxtidagi «RJD Arena (Lokomotiv)» stadionida kechgan bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv boshlarida «temiryo‘lchilar» Pavel Komolovning burchakdan yetkazib bergan to‘pini qaytarishdi, biroq Mixail Gashchenkov to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi hamda uni darvoza to‘riga aniq joylab qo‘ydi.

«Lokomotiv» 20 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolmoqda, «Amkar» (8) – 14-pog‘onada.

Lokomotiv – Amkar 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 
0:1 – 1 Gashchenkov.
Lokomotiv – Gilerme, Barinov (Kolomeytsev, 46), Kverkveliya, Peychinovich, Denisov, Farfan, Denisov (Ribus, 46), An. Miranchuk, Fernandesh, Miranchuk, Eder.
Amkar – Nigmatullin, Milkovich, Konde, Belorukov, Sivakov, Zanev, Braun Forbs (Salugin, 21), Zaytsev, Balanovich (Ryazantsev, 86), Komolov, Gashchenkov(Gol, 64).
Ogohlantirishlar: Belorukov (14), Peychinovich (39), Konde (64).
 
Zenit – Ufa 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
 1:0 – 9 Driussi, 2:0 – 22, Krishito penalti, 3:0 – 77 Kokorin.
Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Mammana, Krishito, Yeroxin, Kranevitter (Paredes, 86), Noboa (Kaplenko, 82), Kokorin, Dzyuba, Driussi(Rigoni, 64).
Ufa – Belenov, Jivoglyadov, Tabidze, Alikin, Stotskiy, Zaseyev (Salatich, 75), Paurevich, Oblyakov (Vanek, 64), Yokich, Fatai (Sisuyev, 72), Igboun.
Ogohlantirishlar: Paurevich (83), Igboun (90).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid