Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidentining BMTda nutq so‘zlash vaqti aniq bo‘ldi
19 sentabrdan 20 sentabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 dan, Nyu-York vaqti bilan esa 16:00 dan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma'ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma'ruzasini BMTning rasmiy sayti orqali ham kuzatishingiz mumkin.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidenti Polsha va Misr davlatlari rahbarlaridan so‘ng ma'ruza qiladi.
Yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etish, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlanish maqsadlari sari yakdil qadam tashlashga kelishib olish, terrorizm va separatizm ko‘rinishida harakatlarga barham berish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026