Texnologiya | 23:50 / 19.09.2017
5999
1 daqiqa o‘qiladi

Vodorod yonilg‘isida ishlaydigan pochta droni ixtiro qilindi

Foto: FlightWave Aerospace Systems

Amerikaning FlightWave Aerospace Systems texnologik startapi vodorodli yonilg‘i elementlarida ishlaydigan Jupiter-H2 dronining ishlab chiqilgani haqida ma'lum qildi. U bunday hajmdagi boshqa uchuvchisiz qurilmalardan farqli o‘laroq, ikki soatdan ortiq havoda parvoz qilishi mumkin, litiy akkumulyatorlarida ishlaydigan dronlar esa taxminan yarim soat faoliyat ko‘rsatadi. 

Yonilg‘ini saqlash uchun dronning yuqori qismida 3 litrli vodorod baki mavjud. Vodorodli yonilg‘i elementi 650 vatt quvvatga ega. Uchuvchisiz qurilma kuchi 1,3 kilogramm og‘irlikdagi foydali yukni tashiy oladi. Jupiter-H2 dronidan pochtachi sifatida foydalanish uchun shuning o‘zi yetarli. 

Hozirda yangi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda. Muvaffaqiyatli natijalarga erishilgan taqdirda 2018 yilda dronni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid