Ispaniya orollarida 700 kilogrammli toshbaqa topildi
Ispaniyaning Marseme tumanidagi Kalele sohillarida og‘irligi 700 kilogramm bo‘lgan ikki metrli toshbaqa o‘lik holda topildi. La Vanguardia gazetasi shu haqida xabar berdi.
Mahalliy biologlarning ma'lum qilishicha, sudralib yuruvchilarning bu turini O‘rta yer dengizida ikki ming yilda ko‘pi bilan 10 martagina ko‘rishgan.
Bunday qalin terili toshbaqalar tropik va subtropik suvlarni ma'qul ko‘rishadi, ayniqsa — Janubiy Amerikada. Ular mavjud toshbaqalar orasida eng yirik dengiz toshbaqalari hisoblanadi. Ularning fiziologiyasi katta masofalarga suzish uchun o‘z tana haroratini boshqarish imkonini beradi.
Toshbaqaning jasadi tadqiqot uchun Barselona Universitetiga yo‘llandi.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:44 / 12.11.2024