Sport | 17:30 / 20.09.2017
16831
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi

Foto: 24POST.UZ

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashi bosh assambleyasida o‘zbek sporti uchun tarixiy voqea sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidagi manbaning KUN.UZ‘ga ma'lum qilishicha, Assambleyada o‘zbek milliy kurashi 2018 yilgi 18-Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgani haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari 18 avgustdan 2 sentabrga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbek kurashi bilan qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, 43 sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid