Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod Tehron yadro bitimi shartlariga amal qilmayotganini aytdi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Tehron Eronning yadro dasturi bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarmayotganini aytdi.
"Biz kelishuvga qat'iy rioya qilinishi kerak, deb hisoblaymiz. Eron kelishuv shartlariga amal qilmayapti", deb aytgan al-Jubayr Nyu-Yorkda jurnalistlarga.
"Biz bir necha marta ushbu kelishuv Eron hech qachon yadro imkoniyatlarini ololmasligi va bu kelishuvni to‘liq bajarishiga olib kelishini kutganimizni aytganmiz. Biz Eron buni bajarmoqda, deb hisoblamaymiz", deb aytgan vazir.
BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasi debatlari ochilishi vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni zo‘ravonlikni eksport qiluvchi "quvg‘indi davlat" va "korrupsiyalashgan diktatura" deb atagandi. U Tehron bilan tuzilgan yadro kelishuvini "AQSh uchun sharmandalik" deb atagandi.
Eron va xalqaro vositachilar oltiligi 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga solish bo‘yicha tarixiy kelishuvga kelgandilar. Eron tomondan bajarilishi BMT Xavfsizlik kengashi, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomondan unga nisbatan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarning bekor qilinishiga olib keluvchi qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilingandi. Ushbu reja 2016 yil 16 yanvarda kuchga kirgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026