Jahon | 07:58 / 22.09.2017
7875
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro BMT Bosh assambleyasiga kelmaganiga izoh berdi

Foto: Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro BMT Bosh assambleyasiga xavfsizlik nuqtai nazaridan bormaganini ma'lum qildi. Bu haqda Noticieros Televisa telekanali xabar bermoqda

Maduroning aytishicha, u o‘ziga suiqasd uyushtirmoqchiligidan xabar topgan.

"Men bu yil BMTga xavfsizlik nuqtai nazaridan bormaslikka qaror qildim, chunki AQShda hokimiyatga ega bo‘lgan ekstremistlar tomondan menga hujum qilinishi mumkinligidan xabar topdim", deb aytgan Maduro Aragua shtatida mehmonxona ochilishi marosimida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp BMTdagi nutqi davomida Maduroning "sotsialistik diktaturasi"ni tanqid qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid