Jamiyat | 11:45 / 22.09.2017
29444
2 daqiqa o‘qiladi

“Malika” savdo markazidagi firibgarlik fosh etildi

Foto: KUN.UZ

2017 yilning 22 mart kuni soat taxminan 16:30larda, noma'lum shaxs, o‘zganing mulkini aldov va ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan “Malika” savdo markazida bo‘la turib, fuqaro J.N.A.ning ishonchiga kirib, unga «Iphone-6» rusumli uyali telefon sotib olishda yordam berishini va'da qilib, unga tegishli bo‘lgan jami 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni B.U.T. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid