Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Liverpul» «Lester»ga qarshi murakkab o‘yinda g‘alaba qozondi
Angliya premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Lester» bir hafta oldin Liga kubogida ustun kelgan «Liverpul»ni qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki qismida «Liverpul» Muhammad Saloh va Filippe Koutino tomonidan kiritilgan gollar evaziga oldinga chiqib olgandi, birinchi bo‘lim so‘nggida Shinji Okazaki farqni bittaga qisqartirdi, ikkinichi bo‘limda Jordan Hendersonning goli farqni yana ikkitaga yetkazgandi. Biroq Jyeymi Vardi bir daqiqa o‘tar-o‘tmas farqni yana minimal ko‘rinishga olib keldi - 2:3. Ammo uch daqiqa o‘tib u penaltidan foydalana olmadi va bu jamoaga qimmatga tushdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va «Liverpul» uch kun oldingi mag‘lubiyat uchun qaysidir ma'noda o‘ch oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 11taga yetdi va jamoa 4-6 o‘rinlarni «Tottenhem» va «Uotford» bilan bo‘lishib turibdi.
Angliya premer-ligasi, 6-tur
Lester – Liverpul 2:3 (1:2)
Gollar: Okazaki (45+3), Vardi (69) – Saloh (15), Koutino (23), Henderson (68).
Noaniq penalti: Vardi (73, darvozabon).
Lester: Shmeyxel, Simpson, Morgan, Maguayr, Chiluell, Marez (Grey, 61), Ndidi, King, Olbrayton (Slimani, 80), Okadzaki (Ixeanacho, 74), Vardi.
Liverpul: Minole, Gomes, Matip, Lovren, Moreno, Djan (Milner, 74), Xenderson, Veynaldum, Salax, Firmino (Starridj, 64), Koutino (Oksleyd-Chemberlen, 79).
Ogohlantirishlar: Olbrayton (17), Ndidi (22), Matip (45), Lovren (56), Minole (72), Vardi (90).
Mavzuga oid
19:46 / 30.07.2023
O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ga yutqazdi, «Liverpul» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 11.09.2022