O‘zbekiston | 16:31 / 25.09.2017
92713
2 daqiqa o‘qiladi

Dollar kursi yana pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 26 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 19 sentabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan 10 so‘mdan ko‘proq narxda pastlagan va 8066.96 so‘mga teng bo‘lgan (-10.52).

Bir yevro esa 19.83 so‘mga pastlab, 9626.30 so‘mga yetgan. 1 Rossiya rubli esa 0.17 so‘mga arzonlab, 140.05 so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.

Mavzuga oid