O‘zbekiston | 18:13 / 25.09.2017
14957
2 daqiqa o‘qiladi

Dorixonalar uchun tovar cheklari tasdiqlandi

Illyustrativ surat. Foto: KUN.UZ

2017 yil 17 iyuldagi PQ–3137-son “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (2017 yil 11 sentabr) bilan Tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narxlarda sotish holatlarining oldini olish maqsadida respublikada dorixonalar tomonidan tovar cheklarini berish talabi kiritilgan. Shuningdek, tegishli tashkilotlarga dorixonalarni tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirilgan.

Demak, endilikda dorixonalar tovar cheklari kitobidan, uning nomida ko‘rsatilganidek, tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmaganda, ular nosoz bo‘lganda yoki elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilganda foydalanishi shart.

O‘zgarish 2017 yil 18 sentabrda kuchga kirdi.

Mavzuga oid