Soliq qömitasi ma’lum qilişiça, katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Şu munosabat bilan joriy yil 30 oktyabr soat 18:30 dan 5 noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT çeklarini tahrirlaş imkoniyati vaqtinçalik çeklanadi.

Şuningdek, joriy yil 31 oktyabr soat 23:00 dan 5 noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni tölaş, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etiş, soliq qarzdorligi haqida ma’lumotlarni elektron tarzda oliş hamda boşqa elektron xizmatlardan foydalaniş vaqtinça töxtatiladi.