Jamiyat | 18:33 / 25.09.2017
13528
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda talonchi ayol ushlandi

Qarshi shahridagi “Baxt uyi”ning orqa tomonida noma'lum ayol shu yerdan o‘tib ketayotgan 3-sinf o‘quvchisi N.I.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qulog‘idagi 300 ming so‘mlik ziragini yechib oladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbiri natijasida, Shahrisabz tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan Sh.G‘. ushlandi. 

Hozirda Sh.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid