Sport | 15:19 / 26.09.2017
13563
1 daqiqa o‘qiladi

O‘FF prezidenti jurnalistlar savollariga javob qaytaradi

Foto: Kun.uz

27 sentabr kuni 10:30da O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Matbuot anjumanida, shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a'zosi Rustam Qurbonov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Shoakrom Isroilovlar ham ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga kirish ro‘yxat asosida bo‘lib, ro‘yxatga qo‘yish uchun [email protected] elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-42 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid