Sport | 08:31 / 26.09.2017
12355
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Angliyada tarixiy rekord yangilandi

«Vest Bromvich» yarimhimoyachisi Garet Berri Angliya premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. 

Bu uchrashuv 36 yoshli futbolchining APLdagi 633-o‘yini bo‘ldi. Natijada u «Manchester Yunayted» afsonalaridan biri Rayan Giggzni ortda qoldirdi va APLning yangi rekordchisiga aylandi. Uchrashuvdan so‘ng Premer-liga rasmiy tvitteri eski rekordchining yangi rekordchiga tabrigi videosini joylashtirdi

«Salom, Garet! Angliya chempionatida men o‘rnatgan rekordni yangilaganing uchun seni tabriklayman. Bu katta natija. Men seni qanchalik professional ekaningni yaxshi bilaman. Bunchalik ko‘p uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazish — ajoyib ish. Umid qilamanki, sen hali ko‘p uchrashuvlarda maydonga tushasan», — degan Giggz.

Giggz APLda 1992 yildan 2014 yilga qadar to‘p surgandi, Berri esa Angliya yuqori ligasidagi faoliyatini 1997 yilda boshlagan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid