O‘zbekiston | 11:38 / 27.09.2017
7080
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi elchi Toshkentda. O‘zbekiston hukumati noyabrda Germaniyaga boradi

Foto: TIV matbuot xizmati

27 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi vazirga ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining noyabr oyida Germaniyaga tashrifi muddati va dasturi, turli darajalardagi bo‘lajak boshqa ikki tomonlama aloqalar jadvali yuzasidan fikr almashildi. 

Gyunter Overfeld shu oyda O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagan Naytxart Xyofer-Vissing o‘rnida ish boshladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid