Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi shu yo‘nalishda ishga joylashdi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekistondagi tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi o‘zi ta'lim olgan yo‘nalishda ishga joylashdi. 27 sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ta'limdagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, 2016-2017 o‘quv yilida tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yurituvchi oliy ta'lim muassasalarini 3 197 nafar talaba tugallagan. Shulardan 2 366 nafari, ya'ni 74 foizi shu yo‘nalish bo‘yicha ishga joylashgan. 445 nafari magistratura bosqichida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi, 250 nafari klinik ordinaturasida bo‘lsa, ishga joylashmaganlar atigi 4 kishini tashkil qiladi.
Shuningdek tadbirda tibbiy ta'lim muassasalariga kvotalar oshib borayotgan bo‘lsa-da, kadrlar yetishmovchiligi masalasi hali ham dolzarb ekani qayd etildi. Fan va o‘quv yurtlar boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Safoyevichning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda har 10 000 aholiga 26,4 shifokor to‘g‘ri kelmoqda. Bu respublika miqyosidagi ko‘rsatkich, ba'zi viloyatlarda esa bu ko‘rsatkich 15-16 kishini tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu o‘tgan yilgiga nisbatan baland ko‘rsatkich ekani ta'kidlandi.
Mavzuga oid
11:28 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Avstriya tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma dasturlar tayyorlamoqda
09:40 / 03.12.2025
Qonuniy va xavfsiz klinikani qanday tanlash kerak?
09:37 / 02.12.2025
Statsionar bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkazish tartibi joriy etildi
13:33 / 27.11.2025