Sport | 08:14 / 28.09.2017
21124
2 daqiqa o‘qiladi

Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimi o‘tkazildi

Foto: sng.today

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Yopiq inshootlar va jang san'ati bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Osiyo va Okeaniya mintaqasining 63 davlatidan 4 mingdan ziyod sportchi ishtirok etgan turnir o‘ta yuksak saviyada tashkil etildi.

Sportning 21 turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda vakillarimiz 131 ta medallarni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston sportchilari 24 ta oltin, 33 ta kumush va 74 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, medallar soni bo‘yicha ikkinchi, sifati bo‘yicha beshinchi natijani qo‘lga kiritishdi.

Birinchi o‘rinni mezbonlar — Turkmaniston sportchilari 89 ta oltin, 70 ta kumush va 86 ta bronza — jami 245 ta medal bilan egallashdi. Bizdan oldingi o‘rinlarda Xitoy (42+32+23=97), Eron (36+23+59=118), Qozog‘iston (28+28+40=96) kabi Osiyo davlatlari borishmoqda.

Foto: turkmenportal.com

Ashxoboddagi Olimpiya stadionida Yopiq inshootlar va jang san'ati bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U 20:17 da boshlandi va to‘rt soat davom etdi. Marosimda nutq so‘zlagan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Bermuhammedev o‘yinlarni rasman yopiq deb e'lon qildi.

Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: sng.today
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com
Foto: turkmenportal.com

 

Mavzuga oid