Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Suriyada kuniga 80 kishi halok bo‘lmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyada, jumladan tinch aholi vakillaridan ko‘plab insonlar halok bo‘layotgan mamlakat shimoli-g‘arbdagi Idlibda keskinlik tobora kuchayib borayotganidan xavotirda. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik «Anadolu» agentligi bilan suhbatda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Idlibning aholi punktlariga havo hujumlari muntazam ko‘rinish olgan, maktab yo‘q qilingan, turar joy infratuzilmasi esa zarar ko‘rgan.
BMT vakili Suriyaning Fua va Kefroi hududlarida janglar sodir bo‘layotgani haqidagi xabarlarga e'tibor qaratdi.
«26 sentabr kuni Xama viloyatida qochqinlarni o‘qqa tutish natijasida 80 ga yaqin odam halok bo‘ldi, ko‘plari jarohatlandi. 25 sentabr kuni havo hujumlari natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, yana 58 nafari jabrlandi», - dedi Dyujarrik.
Uning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina o‘tgan oyda 100 mingga yaqin suriyaliklar o‘z uylarini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lishdi, Dayr-az-Zorni esa so‘nggi haftada 50 mingdan ziyod odam tark etdi.
Suriyadagi urush 2011 yilning mart oyida boshlangan edi. O‘shanda tinch namoyishlar harbiylar o‘t ochganidan so‘ng qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketgandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, mojaroda 400 mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi, 10 milliondan ziyod odam o‘z uyini tark etdi. 4.8 million kishi mamlakat tashqarisidan boshpana topdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026