Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi yana bir istirohat bog‘i rekonstruksiya uchun yopiladi
Joriy yilning 2 oktabr kunidan boshlab, Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek (sobiq Telman) nomidagi istirohat bog‘ining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu o‘zgarish bog‘da olib boriladigan qayta ta'mirlash ishlari bilan bog‘liq, deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi maskan sahifasida.
"Bizning asosiy maqsadimiz - bog‘ ko‘rinishi yangilash, uni yanada zamonaviy va maftunkor etishdan iborat. 1934 yilda ochilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi mazkur bog‘ Toshkentdagi eng qadimiy dam olish maskanlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda ayrim o‘yingoh va attraksionlar davr talabiga javob bermaydi, kommunikatsiya hamda maskanning tashqi ko‘rinishi eskirgan. Shu sababli, biz umumiy infratuzilmani tubdan isloh etib, muhandislik tarmoqlarini qaytadan ulamoqchimiz”, deyiladi xabarda.
Qurilishga mas'ul bo‘lgan kompaniya mutasaddilarining aytishicha, bog‘da qayta ta'mirlash ishlari olib borilishi bilan birga, undagi 100 yoshdan oshgan daraxtlarni to‘liq saqlab qolish, ularga shikast yetkazmaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi.
"Loyihaga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, avvalo, butun bog‘ bo‘ylab sayr qilish yo‘laklari qaytadan qurilishi rejalashtirilgan. Tantana va bayram kunlari paydo bo‘ladigan tirbandlikni bartaraf etish maqsadida avtomobil yo‘li o‘tgan ko‘cha tarafdan qo‘shimcha darvoza orqali harakatlanish imkoniyatini yaratmoqchimiz. Attraktsionlar yangilanadi va yana bitta avto turargoh barpo etilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Keksa va katta yoshdagi kishilarga qulayliklar yaratish maqsadida, tinch sayr etish maydoni kengayadi, sport va badantarbiya bilan shug‘ullanish uchun alohida joy ajratilishi mumkin. Bog‘ga kirish bepulligicha qolib, ta'mirlash ishlari kelasi yilga yakunlanishi ma'lum qilinmoqda.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026