Jamiyat | 12:10 / 29.09.2017
9700
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishga kiritishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Ayrim shaxslar fuqarolarning ishonuvchanligidan foydalanib, ularning turli ishlarini bitirib berishini va'da qilib, katta miqdordagi pullarini qo‘lga kiritmoqda, deya xabar berdi KUN.UZ’ga Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

Farg‘ona viloyati Rishton tumani Zoxidon qishlog‘ida yashovchi Nozim Toshmatov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) ham o‘zgalarning ishonuvchanligidan foydalanib katta miqdordagi pullarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. U Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi Sanobar Jo‘rayevaning ishonchiga kirib, uning farzandini Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga olib qo‘yishni va'da qilib, buning evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi. 

2017 yil 10 sentabr kuni viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Nozim Toshmatov Sanobar Jo‘rayevadan 3000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid