Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselona Madridga qarshi: futbolda emas, bu gal siyosat
Ispaniya mahalliy politsiyasi mamlakatning shimoliy qismi, Kataloniyada joylashgan, taqiqlangan mustaqillik referendumini o‘tkazish uchun jihozlanayotgan, 2315 ta maktabdan 1300 taga yaqinini vaqtincha yopishga majbur bo‘lmoqda. Boisi aynan shu yerda, ertaga, 1 oktabr kuni Ispaniya tarixidagi eng og‘riqli ichki ixtiloflardan biri, ya'ni katalon xalqining mustaqilligi masalasi hal qilinishi mumkin.
Ayni paytda Kataloniyada nimalar yuz bermoqda?
Mahalliy politsiya vakillari markaziy telekommunikatsiya tarmoqlarining mintaqaviy boshqaruvini to‘liq nazoratga olgan. Shimoliy-sharqiy Ispaniyada istiqomat qilib keluvchi, o‘z tili va xos madaniyatiga ega 7,5 million katalonlar Ispaniya konstitutsiyasiga ko‘ra, alohida millat sifatida tan olinmaydi. O‘zlari yagona va ispanlardan farqli millat deb bilguvchi katalonlar esa mustaqillik talab qilib referendum o‘tkazishni istamoqda.
Mamlakat Konstitutsion sudi mazkur referendumni qonundan tashqari, deb e'lon qildi. Shuningdek, hududdagi vaziyatni to‘liq nazorat qilish uchun poytaxtdan minglab zobitlar joylarga yuborildi. Ayni paytda, 163 ta maktab katalonlar tomonidan egallab olingan va referendum o‘tkazish uchun foydalanishi mumkin.
Raqamlar nimalardan so‘ylaydi?
Kataloniya hududida yashovchi umumiy aholining 16 foizi ispan millatiga mansub kishilardan tashkil topgan. Mamlakat eksportining 25.6 foizlik ulushi aynan ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ispaniya yillik YaIMning 19 foizi referendum talabi bilan chiqqan xalq yashaydigan hududda ishlab chiqariladi. Ispaniyaga jalb etilgan tashqi sarmoyalarning 20.7 foizi Kataloniyaga kiritilgan.
Ushbu aholi nimani istaydi?
Ispaniya yagona taxti uchun kurash qirol Filip V harbiy yurishlarni muvaffaqiyatli tugallashi bilan yakunlandi. Negaki, uning 1707 yilda Valensiya, 1714 yilda esa Kataloniya yerlarini hamda dengizorti hududlarni egallashi bilan 1715 yili yangi va birlashgan Ispaniya dunyo xaritasida paydo bo‘ldi.
Bosqinchilik harakati ispan tilini yoyish, madaniyatlarni qorishtirish bilan birga olib borildi. Konkistadorlarning siyosati 1931 yili biroz chekinganday bo‘ldi: bu vaqtga kelib, Kataloniya kichik hukumat tarkibiga ega bo‘lish huquqiga erishdi. Ammo Ebro ostonasidagi jangda g‘olib bo‘lgan general Frantsisko Franko 1938 yili bunday imtiyozlarni bekor qiladi hamda totalitar vaziyat 1977 yilgacha saqlanib qoldi.
Demokratiya shamoli Kataloniyaga yana bir bor avtonomiya maqomini sovg‘a qilgan bo‘lsa, endilikda xalq mustaqillikni talab qilmoqda. 2010 yil iyulda buni amalga oshirishning imkoniyati paydo bo‘ldi, lekin jahon moliyaviy inqirozi sharoitida Ispaniya Barselona kabi boy viloyatlaridan ajralib qolmaslik uchun har xil vajlar o‘ylab topa boshladi. Oqibatda bu jarayon murakkab, barcha zeriktirib qo‘ygan o‘yindek tuyilmoqda.
Referendumdan kim foyda ko‘radi?
Bu - Ispaniya emas! Bu argumentning izohini yuqoridagi raqamlar va hukumat tomonidan olib borilayotgan amaliy harakatlarda ham ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, Yevropa yetakchi davlatlaridan biri Buyuk Britaniya ham Kataloniya referendumi effektida shotland, yoinki boshqa etnik guruhlarning mustaqillikka intilishidan qo‘rqadi.
Referendumda qo‘lga kiritilgan natijalar yon atrofdagi Basklarga ham qo‘l kelishi mumkin. Agar voqealar shu zaylda davom etsa, yaqin kelajakda Bask jamoalari ham ozodlik uchun harakat boshlashi hech gap emas.
Ro‘zioxunov Alisher
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026