Jahon | 18:44 / 30.09.2017
5681
1 daqiqa o‘qiladi

Eron va Iroq chegarada qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazadi

Foto:vestikavkaza.ru

Eron va Iroq qurolli kuchlari qo‘shma mashqlarni o‘tkazmoqchi. Bu haqda ISNA agentligi xabar bermoqda.

Eron harbiy qo‘mondonligi vakili Masud Jazariyning aytishicha, mashqlar chegara hududida, Eronning aholi punktlari yonida o‘tkaziladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar «yaqin kunlarda» bo‘lib o‘tadi. Jazariy boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Avvalroq, Eron mudofaa sohasida Iroq bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid