Jahon | 10:02 / 30.09.2017
6497
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Argentinaga tashrif buyuradi

Foto: AFP

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama (2009-2017 yillar) Argentina rahbari Maurisio Makri tomonidan 5 oktabr, payshanba kuni Buenos-Ayres viloyatida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuvda qabul qilinadi.

«Makri Obamani shu payshanba kuni «Olivos» qarorgohida qabul qiladi», - deya xabar bergan RIA Novosti Argentina TIVdagi manbalarga asosan.

Ertasi kuni, 6 oktabrda Obama Kordoba viloyatiga borib, gubernator Xuan Skiaretti bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, AQShning sobiq prezidenti 5-6 oktabr kunlari Kordoba shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yashil iqtisodiyot» forumida ishtirok etadi.

2016 yilning mart oyida Obama so‘nggi 19 yil ichida Argentinaga rasmiy tashrif bilan borgan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid