Jahon | 13:18 / 30.09.2017
6682
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston afg‘on talabalarni o‘z universitetlarida bepul o‘qitadi

Foto: Turkmenistan.gov.tm

Turkmaniston hukumati yig‘ilishida xorijiy fuqarolarni mamlakat oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi, deb yozadi «Vatan» gazetasi shanba kuni.

Shunday qilib, Turkmaniston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq "bir guruh afg‘on fuqarolarini Saydiy nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika universitetining til o‘rganish kurslariga bepul qabul qilish taklif etilmoqda".

Bundan tashqari, Xitoy fuqarolari guruhini Ozodiy nomidagi Turkmaniston jahon tillari milliy institutida til o‘rganish bo‘yicha kurslarga qabul qilish rejalashtirilmoqda

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston oliy o‘quv yurtlariga chet el fuqarolarini qabul qilish haqida farmoyish berdi hamda ularning ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni nazorat ostida ushlash vazifasini topshirdi.

Avvalroq afg‘onistonlik yoshlar O‘zbekistonda temir yo‘l sohasida tahsil olishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid