Sport | 18:04 / 01.10.2017
5617
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yuqoriladi

Foto: Squawka

Angliya Premer-Ligasining 7-turida «Emireyts» stadionida «Arsenal» «Brayton end Xouv Albion»ni qabul qildi.

Arsen Venger shogirdlari ushbu uchrashuvda oson g‘alabaga erishdi - 2:0. 16-daqiqada Nacho Monreal «kanonirlar»ni oldinga boshladi, 56-daqiqada Aleks Ayuobi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Endilikda «Arsenal» ochkolari sonini 13taga yetkazib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Brayton» esa 7 ochkosi bilan 14-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati
7-tur

Arsenal – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Monreal, 2:0 – 56 Ivobi.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Kolashinats, Xolding, Ivobi (Uolkott, 71), Remzi, Sanches, Djaka (El-Nenni, 83), Belerin, Lyakazett (Jiru, 71).
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, Gross, March (Skelotto, 72), Braun (Myurrey, 76), Propper, Iskerdo (Knokert, 76), Stivens.
Ogohlantirishlar: Gross (17), Daffi (39).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid