Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Ispaniyani Kataloniyadagi zo‘ravonlik holatlarini tekshirishga chaqirdi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn Ispaniya hukumatini Kataloniya mustaqilligiga doir referendum paytidagi barcha zo‘ravonlik holatlarini qunt bilan tekshirishga chaqirdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissariyatining matbuot xizmati bayonotida shu haqida xabar berildi.
"Yakshanba kuni Kataloniyada ro‘y bergan zo‘ravonliklardan juda tashvishdaman. Yuzlab jarohatlanganlar haqida xabar berilganidan so‘ng men Ispaniya hukumatini barcha zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha batafsil, mustaqil va xolis tergov o‘tkazishga chaqiraman. Politsiyaning reaksiyasi doim proporsional bo‘lishi kerak va faqat zarurat tug‘ilgandagina qo‘llanishi lozim", - deya keltiradi matbuot xizmati Zayd Al-Husaynning so‘zlarini.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari shuningdek Madridni vaziyatni baholash uchun inson huquqlari sohasi ekspertlarini qabul qilishga chaqirdi.
Madrid yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumni noqonuniy deb atadi, mamlakatning Konstitutsion sudi esa uning o‘tkazilish imkonini "muzlatib qo‘ydi". Mintaqa hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning 90 foizi Kataloniyaning Ispaniyadan ajralishi tarafdori bo‘lgan. Ba'zi saylov uchastkalarida hujjatlar olib qo‘yilgan, politsiya bilan to‘qnashuvlar qayd etilgan. Kataloniya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar natijasida 893 kishi jabrlangan. Ispaniya IIVda tartibsizliklar davomida huquq-tartibot organlarining 33 nafari jabrlangani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026