Jahon | 22:55 / 02.10.2017
6442
1 daqiqa o‘qiladi

Bryussel Madridni Kataloniyada kuch ishlatmaslikka chaqirdi

Foto: mediarepost.ru

Bryussel Madridni Kataloniyada keskinlikni avj oldirmaslik va kuch ishlatmaslikka chaqirdi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donald Tusk Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy bilan telefon suhbatida aytib o‘tdi.

"Hozirgina Mariano Raxoy bilan suhbatlashdim. Uning Kataloniyadagi referendum noqonuniyligi haqidagi konstitutsion dalillariga qo‘shilgan holda, vaziyatning yanada keskinlashishi va kuch ishlatishdan qochish yo‘llarini izlashga chaqirdim", deb yozgan Tusk tvitterda.

Avvalroq Yevrokomissiya Kataloniyada bo‘lib o‘tgan mustaqillik referendumini noqonuniy hisoblashini aytgan va muxtoriyat Ispaniya tarkibidan chiqsa, bu viloyat Yevropa Ittifoqining avtomatik tarzda a'zosi bo‘lib qolmasligi va unda a'zolik bo‘yicha yangi muzokaralar boshlashidan ogohlantirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid