Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon «Millat yetakchisi» tajriba-intensiv bog‘ni borib ko‘rdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1 oktabr kuni Xatlon viloyati Xuroson tumanida bo‘lib, «Millat yetakchisi» nomli intensiv bog‘ni borib ko‘rdi. Prezident 2016 yil fevralda 160 gektarlik hududda ushbu bog‘ ko‘chatlarini o‘tqazishni boshlab bergan edi.
Bu bog‘da 300 dan ortiq mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta'minlangan, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus agentligi.
Prezident, shuningdek, 1 ming 700 gektar yer maydonida 30 dan ortiq navdagi olma ko‘chatlari o‘tkazilgan «Asadullo» fermer xo‘jaligini ham borib ko‘rgan.
Davlat rahbari Xuroson tumanida meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan korxonani barpo etish vazifasini topshirgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024