Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e'lon qilindi
Foto: Reuters
Stokholmda Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarining nomi ma'lum qilindi. 9 million shved kronasini Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrish o‘zaro bo‘lishib olishadi. Bu haqida seshanba kuni Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi xabar berdi.
2017 yil fizika sohasidagi Nobel mukofoti LIGO loyihasi, shuningdek gravitatsion to‘lqinlar kuzatuvi uchun Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrishga topshirildi.
Berri Berrish gravitatsion to‘lqinlar bo‘yicha yetakchi ekspert va LIGO rahbarlaridan biri hisoblanadi.
Rayner Vayss va Kip Torn esa ushbu loyihaning boshida turishgan va LIGO'da ishlashda davom etishmoqda.
LIGO (Laser Interferometer Gravitational-Wave Observatory) - lazer-interferometrik gravitatsion-to‘lqinli rasadxona AQShda joylashgan.
Mavzuga oid
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
15:05 / 10.11.2025
Tibbiy xizmatlar eksportini oshirgan markazlarga alohida mukofot beriladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
20:33 / 24.10.2025