Jahon | 00:48 / 03.10.2017
19828
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik muxolifatchi Navalniy hibsga olindi

Foto:RIA Novosti / Yevgeniy Odinokov

Moskvaning Simonov sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyni kelishilmagan namoyishda ishtirok etishga chorlashi uchun hibsga oldi. 
 
Sud Navalniyni aybdor deb topgan. U ayblangan modda bo‘yicha maksimal jazo 300 ming rubl jarima to‘lash, 200 soat majburiy ishlarga jalb qilinish yoki 30 kunga hibsga olishni ko‘zda tutadi.  

Ma'lum qilinishicha, Navalniy o‘tgan juma kuni hibsga olingan.   

Muxolifatchining aytishicha, u qo‘lga olinishi vaqtida Nijniy Novgoroddagi kelishilmagan tadbirga yo‘l olmoqchi bo‘lgan. 

Mavzuga oid