Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan holda amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb ma’lum qildi Manturov kotibiyati jurnalistlarga.

Delegatsiya tarkibiga, shuningdek, Nijniy Novgorod va Omsk viloyatlari, Boshqirdiston Respublikasi hamda Krasnoyarsk o‘lkasi rahbarlari ham kiradi.

Manturov Rossiya–O‘zbekiston hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 26-yig‘ilishini o‘tkazadi. Komissiyaning O‘zbekiston tomonidan hamraisi — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hisoblanadi.

Shuningdek, Manturov hukumatlararo komissiya majlisi doirasida o‘tkaziladigan Rossiya–O‘zbekiston biznes-forumining yalpi majlisida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.