Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi
Nijniy Novgorod viloyatida migrantlarga 16 ta sohada ishlash taqiqlandi.
Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati ma’muriyati migrantlarga kurer va shifokor bo‘lib ishlashni taqiqladi. Tegishli farmonni viloyat gubernatori Gleb Nikitin imzoladi. Hujjat e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida kuchga kiradi.
«U [farmon] fuqarolarning bandlik darajasini oshirish, mehnat bozorida raqobat sharoitlarini yaratish, Rossiya fuqarolari huquqlarini himoya qilish va mintaqada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan», deyiladi xabarda.
Cheklovlar 16 faoliyat sohasiga, jumladan kurerlik yetkazib berish, sog‘liqni saqlash, madaniyat, umumiy ovqatlanish va sport sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. 2024 yilda bunday hududlarda ish bilan band bo‘lgan migrantlar soni 10 foizdan kam bo‘lgan.
Ish beruvchilar farmon kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda kadrlar strategiyasini qayta ko‘rib chiqish va migrantlar sonini yangi talablarga moslashtirish kerak bo‘ladi.
Nijniy Novgorod viloyatidagi chet el fuqarolari hali ham qishloq xo‘jaligi, qurilish va ishlab chiqarish kabi kadrlar kamyob bo‘lgan sohalarda ishlashi mumkin.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026