Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda ikki boshli buzoqcha tug‘ildi
Pokistonning Karachi shahridagi fermada ikki boshli buzoqcha tug‘ildi.
Buzoqchada 2 ta bosh, 4 ta ko‘z, 2 ta og‘iz, 2 ta burun va 4 ta quloq bor. Bu kamdan-kam uchraydigan holat ilmiy tilda politsefaliya deb ataladi. Har bir bosh o‘z miyasiga ega. Bunday nuqson bilan tug‘ilgan hayvonlar kamdan-kam hollarda bir necha oydan ko‘proq yashaydilar.
Ferma egasi antiqa buzoqning tug‘ilishini "yuqoridan belgi" va "mo‘'jiza" deb atagan. Uning aytishicha, bu fermerlarga o‘z ishlarida sun'iy sut sog‘ish kabi notabiiy jarayonlarni qo‘llamasliklari uchun mukofotdir.
Hozircha buzoqcha juda zaif va oyoqlarida tura olmayapti, shu sababli uni idishdan boqishga to‘g‘ri kelmoqda. Ferma xodimlari buzoqchani parvarishlab, u yaqin orada o‘zini tutib olib, mustaqil yura boshlashiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026