Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sudi Kataloniyaga mustaqilligini e'lon qilish imkonini taqiqlab qo‘ydi
Foto: Yves Herman/Reuters
Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamentining 9 oktabrga belgilangan yig‘ilishi o‘tkazilishini muzlatib qo‘ydi. Bu yig‘ilishda muxtoriyat mustaqilligi e'lon qilinishi mumkin edi, deb xabar bermoqda El Pais nashri.
Yig‘ilishning qonunga xilof ekanligi bo‘yicha shikoyatni sudga Kataloniya sotsialistik partiyasi bergan.
Partiya fikricha, kataloniyaliklarning harakati Ispaniya konstitutsiyasi buzilishi hisoblanadi, chunki ular sudning referendum o‘tkazilishi noqonuniyligi haqidagi ilk qarorini buzishgan.
Shikoyatning ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi hozircha yig‘ilish qonuniy asosda o‘tkazila olmasligini anglatadi.
Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniya hukumati muxtoriyatning mustaqilligi rejasidan voz kechishi kerakligini aytgan.
Kataloniya jyeneralitati (hukumati) boshlig‘i Karles Puchdemon esa Kataloniya yaqin kunlarda mustaqilligini e'lon qilishini aytgan.
Mavzuga oid
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025