O‘zbekiston | 10:45 / 05.10.2017
8332
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot xodimlari xorijda malaka oshiradi

Foto: RCF

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 736-son “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb ko‘nikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
 
Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda. Xususan, tanlov asosida tanlab olingan tibbiyot xodimlarimiz markazlashtirilgan holda yetakchi  xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga yuboriladi.
 
Shu vaqtda, O‘zbekistonga malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislari mahorat saboqlarini o‘tkazish hamda mamlakatimiz tibbiyot xodimlarini tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish uchun jalb qilinadi. Qisqa muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha jalb etishda ularni mehmonxonalarga joylashtirish qabul qiluvchi taraf tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek ularga MBning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 20 AQSh dollari ekvivalentida har kunlik norma bo‘yicha so‘mda sutkalik pul to‘lanadi.
 
Ta'riflangan jarayonlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Sog‘liqni saqlash vazirligi takliflariga asosan) har yili tasdiqlanadigan Reja-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid