Jahon | 23:38 / 06.10.2017
6144
1 daqiqa o‘qiladi

Ar Riyod BMT ma'lumotlarini rad etdi

Foto:regnum.ru

Saudiya Arabistoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yamanda 700 ga yaqin bola halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi ma'lumotlarini rad etdi. Bu haqda jurnalistlarga Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili Abdulloh al Muallimiy bayonot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT ma'lumotlari "xato" va "aldaydi". Diplomatning qayd etishicha, arab koalitsiyasi xalqaro gumanitar huquq doirasida o‘z majburiyatlariga qat'iy rioya qiladi va Yamandagi jangovar harakatlarini imkon qadar ehtiyotkorlik bilan olib boradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid