Jamiyat | 15:01 / 06.10.2017
5568
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘rsatkichlari past notariuslarga ustamalar saqlab qolinadi

Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (2017 yil 3 oktabr) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi  nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Norma.uz’ning yozishicha, nizomning 21-bandidan notarius tomonidan bir oyda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni muayyan hudud bo‘yicha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) notarial harakatlar umumiy sonining har bir notariusga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorining yarmidan kam bo‘lsa — notarius va unga biriktirilgan xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar o‘rnatishga qo‘yilgan taqiq chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, o‘rnatilishicha, yagona ijtimoiy to‘lov notarius tomonidan amalga oshirilgan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushgan mablag‘larning 60%i xisobidan amalga oshiriladi. Mazkur mablag‘larning qolgan 40%i notarius va unga biriktirilgan xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar o‘rnatishga ajratiladi. Ya'ni YaST ustamaning haqiqiy  miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.

Hujjat 2017 yil 4 oktabrdan kuchga kirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid