Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixael Shumaxer komada – OAV
"Formula-1" bo‘yicha 7 karra jahon chempioni Mixael Shumaxer komada, deb yozmoqda auto-bild.ro nemis avtopoygachining oila a'zolariga tayangan holda.
2013 yil dekabr oyida Shumaxer Fransiyaning Meribel tog‘li dam olish maskanida yiqilib tushganida jiddiy jarohat olgan edi. U bosh miyaning ikki yarim sharlarning ko‘p sonli jarohati va qon quyilishi bilan bog‘liq bosh miya jarohatini oldi. 2014 yil yozida Shumaxer komadan chiqqani xabar qilindi. O‘sha yilning sentabr oyida poygachi shifoxonadan javob berilgani va o‘zining Shveytsariyadagi villasida tiklanayotgani aytilgandi. Ammo, uning holatiga doir turli bir-biriga zid xabarlar paydo bo‘lib turadi.
"Afsuski, u komada. So‘nggi kuchi bilan hayot uchun kurashmoqda. Ammo, biz uning imkoniyatlari ko‘p, deb o‘ylamayapmiz", - deya oila a'zosining so‘zlarini keltirgan nashr.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Shumaxer vazni 45 kgga yaqin. Uning bo‘yi ham kichraygan.
Mavzuga oid
14:29 / 27.01.2026
Daily Mail: Mixael Shumaxer yura olmayapti, ammo o‘tira olyapti
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025