O‘zbekiston | 18:40 / 06.10.2017
6313
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 7-9 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKK tomonidan tegishli vazirliklar va qo‘mitalar qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad – milliy mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, sifatli hamda import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va oshirish kabilardir. 

Ko‘rgazma bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, ular orasida avtomobil sanoati, yengil sanoat, energetika, elektrotexnika, qurilish, kimyo, tog‘-metallurgiya, charm, farmatsevtika, oziq-ovqat, moliyaviy muassasalar, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, xalq iste'moli tovarlari, mebel sanoati, ta'lim va boshqalar bor.

Batafsil ma'lumot uchun telefon raqamlari: + (99871) 238-56-11/19/10/00.
Sayt: www.uzexpocentre.uz

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid