Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘nor tumani hokimi shifoxonada vafot etdi
6 oktabr kuniga o‘tar kechasi Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hokimi Asilbek Akramovich Yusupov og‘ir xastalik tufayli olamdan o‘tdi.
Asilbek Yusupov 3 kun oldin miyaga qon quyilishi diagnozi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Kun.uz ma'lumotiga ko‘ra, marhum kasalxonada jon bergan.
Asilbek Yusupov shu yilning 22 fevralida Ulug‘nor tumani hokimi etib tayinlangan edi. Lavozimga tayinlanishdan oldin U O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departament direktori lavozimida ishlagan.

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:54 / 02.09.2025
Namangan shahar hokimi qamoqqa olindi. U 60 ming dollar pora olganlikda ayblanmoqda
09:46 / 16.06.2025
Prezident: "Har bir hokim topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart"
09:52 / 28.02.2025