Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil sanoatini o‘zgartirib yuboradigan 10 startap
So‘nggi vaqtlarda turli xil startaplar haqida tobora ko‘p gapirilmoqda. Shu mavzuda turli xil xabarlar, yangiliklar berilmoqda. Ammo, ularning qaybiri muvaffaqiyat qozonishini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi.
Biroq yuqori texnologiyalarning avtosanoat bilan uchrashadigan Los-Anjyeles avtoko‘rgazmasida taxmin qilishga urinib ko‘rishdi va avtotransport sohasida eng yaxshi bo‘lishi kutilayotgan 10 startap nomini tanlashdi. G‘oliblar haqida Wired hikoya qilmoqda.
Ko‘rgazma kuratorlarining fikricha, bugungi avtosanoat avtomobil ot o‘rnini egallaganidan beri kuzatilmagan transformatsiyani boshdan kechirmoqda. Elektr dvigatellar va muqobil transport vositalariga o‘tish jarayonida startaplar hal qiluvchi o‘rin tutadi. 300 nomzod orasidan tanlab olingan 10 kompaniyani biir narsa birlashtiradi. Ularning barchasi yorqin avtomobil kelajagiga olib boruvchi bir nechta muhim muammolarni haal qilish ustida ishlamoqda.
GhostWave
Ohayo shtatining Kolambus shahrida tashkil etilgan startap radiolokatsion datchiklarni ishlab chiqadi. U to‘lqin uzilishlariga chidamli bo‘lishi aytilmoqda. Bu esa yo‘llarda muqobil avtomobillar ko‘payganda asqatadi.
Neteera Technologies
Kompaniya radar va lidarni o‘zida birlashtiruvchi Terahertz datchigi ustida ishlamoqda.
Innoviz Technologies
Isroil startapi qattiq holatdagi lidar ustida ish olib bormoqda. Lazer datchiklar haydovchisiz avtomobillar rivojiga turtki berishi kerak. Ammo aylanib turuvchi oynalardan foydalanish ularni qimmat va zaif qiladi. Qattiq va qismlari harakatlanmaydigan datchiklar vaziyatni o‘nglaydi.
Mighty AI
Startap robomobillarni boshqarish algoritmlarini o‘rgatish uchun kompyuterdan foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.
Cerebri AI
Bu kompaniya haydovchilar va ularning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatidan qanday pul topish mumkinligini tushunishga urinmoqda.
WayRay
Startap robomobillar uchun qo‘shimcha reallik bilan to‘ldirilgan golografik texnika ustida ishlamoqda.
Ridecell
Mazkur startap Ridesharing va Carsharing uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Uning yordamida boshqa kompaniyalar o‘z loyihalarini tezda yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
GoKid
Carsharing ilovasini ishlab chiqmoqda. U maktablar, bolalar sport jamoalari va faol bolali oilalarga mo‘ljallanadi.
SPLT
Startap boshqalar bilan birga borishni xohlovchi yo‘lovchilar jamiyatiga asos solmoqchi.
EV Safe Charge

Elektromobillarni quvvatlash infratuzilmalarini ishlab chiqmoqda.
Shu yil oxirida hakamlar bu ro‘yxatni 3 tagacha qisqartirishadi. G‘oliblar, sohg‘a ko‘rgazmalariga kirish chiptalari va Microsoft, NVIDIA, Porsche Consulting hamda Elektrobit mahsulotlari bilan tanishadi.
Umuman, avtomobillar bozorini yangi texnologiyalar egallamoqda. Taxminlarga ko‘ra, asr o‘rtalariga kelib, AQShdagi elektromobillar ulushi 75 foizni tashkil etadi. Xitoyda esa bu turdagi avtomobillar savdosi rekord ortidan rekord qo‘yishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
16:04 / 20.01.2026
Imkon Ventures ta’lim va fintex startaplarga investitsiya kiritdi
07:34 / 16.01.2026