Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Yaqin kunlarda Yerga ulkan sun'iy yo‘ldosh qulashi mumkin
Foto: NASA
Sobiq ittifoq davrida yaratilgan 1,5 tonnalik "Molniya-1-44" sun'iy yo‘ldoshi yaqin ikki hafta ichida Yerga qulashi mumkin. Bunday fikrga NASA mutaxassislari kelganlar.
"Molniya-1-44" Sobiq ittifoq tomondan 1979 yilda uchirilgan va telegraf-telefon aloqasini ta'minlash uchun mo‘ljallangan.
Olimlarning ta'kidlashicha, sun'iy yo‘ldoshning Yer atrofida aylanish tezligi pasaygan va u yaqin orada orbitadan chiqib ketadi. Shu bilan birga u shunchalik katta o‘lchamlarga egaki, atmosferaning zich qatlamlarida to‘liq yonib keta olmaydi.
Mutaxassislar sun'iy yo‘ldosh qayerga va qachon qulashini aniq ayta olmayaptilar. Ba'zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 20 oktabrgacha yuz berishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, "Molniya-1-44" orbitadan chiqib ketayotgan yagona qurilma emas. Avvalroq OAVda ma'lum qilingandek, Sobiq ittifoqning yana bir sun'iy yo‘ldoshi "Kosmos-1345" Yerga taxminan 4 noyabrda qulaydi va uning vazni 1700 kg ni tashkil qiladi. U koinotda 1982 yildan beri uchib yuradi.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
20:50 / 01.02.2026
SpaceX orbitaga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda
12:49 / 30.01.2026