Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qirolining korteji moskvaliklarni hayratlantirdi
Rossiyaga davlat tashrifi bilan kelgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud kortejining Moskva bo‘ylab o‘tgani videosi paydo bo‘ldi. YouTube‘da joylashtirilgan videoda qirolning turnaqator kortejining Bolshaya Kamennaya ko‘prigi orqali yo‘l-patrul xizmatining mototsiklchilari va mashinalari hamrohligida o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Hammasi bo‘lib kortejda 23 ta Mercedes mashinasi, jumladan 6 ta sedan, 2 ta diplomatik raqamga ega Mercedes, 7 ta Gelandewagen yo‘ltanlamasi, minivenlar va bitta furgon bo‘lgan.
Qirol Moskvaga 5 oktabr kuni keldi. U bilan birga ming kishilik delegatsiya tashrif buyurgan. Delegatsiya uchun Moskva markazidagi bir nechta mehmonxonalardagi barcha bo‘sh xonalar band qilib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026