Jamiyat | 11:23 / 09.10.2017
9539
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati sodir etildi

Foto: Fotolia

2017 yilning 5 oktabr kuni taxminan soat 06:00 larda V.V.V. mast holatda Chilonzor tumani hududida fuqaro G.K.M. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, uni qo‘li bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada G.K.M. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilib, unga "bosh miya yopiq jarohati, yonoq suyagining sinishi, miya lat yeyishi, pastki jag‘ suyagining sinishi" tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid