Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro quroliga taqiq qachon kuchga kirishi mumkinligi aytildi
Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma (YaQTSh) 2018 yil oxirigacha kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan 50 ta ishtirokchini to‘plashi mumkin. Bu fikr dushanba kuni BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, bu yil Nobel tinchlik mukofotini olgan yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) vakillari tomonidan bildirildi.
«Biz ommaviy qirg‘in qurollarini taqiqlovchi boshqa bitimlarga 50 ta ratifikatsiyaga ega bo‘lish uchun qancha vaqt ketganini ko‘rib chiqdik. Menimcha, bunga 1,5 dan 2 yilgacha vaqt sarflangan. Bizning maqsadimiz 2018 yilning oxirigacha 50 ta ratifikatsiya bilan ta'minlashdir. Biroq bu tashkilotga a'zo davlatlarga bog‘liq», - dedi ICAN ijrochi direktori Beatris Fin.
Uning tan olishicha, qurolsizlanish tarafdorlari YaQTShni qabul qilish bilan yadro quroliga ega davlatlarni o‘z arsenallaridan voz kechishga majburlay olishmaydi. «Ular bu o‘z manfaatlarida ekanligini tushunib amalga oshiradilar. Biz bu kelishuv bilan qurolsizlanish ularning manfaatlariga mos kelishini istaymiz», - degan Beatris Fin. Uning so‘zlariga ko‘ra, ICAN’ga Nobel mukofotining berilishi jamoatchilik e'tiborini yadroviy qurolsizlanish muammosiga qaratadi va shartnomani umumiy qilishga yordam beradi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
19:31 / 27.03.2026